Zamonaviy qurilishda eng muhim masala bu energiya samaradorligi, xavfsizlik va uzoq muddat xizmat qiladigan izolyatsiya yechimlarini tanlashdir. Shu nuqtai nazardan, Ecover Mineral paxta (shisha tola) 10–40 kg/m³ zichlikda ishlab chiqarilgan bo‘lib, hozirgi rivojlangan davlatlarda yuqori zichlikdagi izolyatsiyadan past zichlikka o‘tish tendensiyasini mukammal tarzda namoyon qiladi. Past zichlikning afzalliklari aniq: u konstruktsiyaga ortiqcha yuk bermaydi, transport va montaj xarajatlarini kamaytiradi, vent fasad tizimlarida yoki karkas ichiga joylashtirilgan loyihalarda issiqlik va akustik izolyatsiyani maksimal darajada ta’minlaydi.
Ko‘plab mamlakatlar ilgari ishlatilgan bazalt va yuqori zichlikdagi mineral paxtadan voz kechmoqda. Sababi oddiy: bazalt tolalari qisqa, atigi 2 sm bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan fasadlarda pastlash va deformatsiya xavfi mavjud. Shu bois xavfsizlik va qo‘shimcha xarajatlarni hisobga olgan holda, past zichlikdagi Ecover Mineral paxta vent fasad yoki karkas ichiga joylash loyihalari uchun eng to‘g‘ri izolyatsiya hisoblanadi.
Ecover mineral paxta (shisha tolali) mahsulotning issiqlik o‘tkazuvchanlik ko‘rsatkichi λ = 0.034–0.038 W/m·K darajasida bo‘lib, bu 100 mm qalinlikdagi qatlamda 2.6–2.9 m²·K/W issiqlik qarshiligini ta’minlaydi. Natijada qishda issiqlik yo‘qotilishi sezilarli kamayadi, yozda esa ichki harorat barqaror saqlanadi. Shu bilan birga, tovush yutish koeffitsienti αw 0.70–0.90 bo‘lib, ichki devorlar va osma shiftlarda shovqinni 70–90% gacha yutadi (bu ikki barobar shovqinni yutadi degani). Bu ofis, turar joy, sanoat binolari va metall angarlarda aks sado va rezonansni kamaytirish uchun ideal yechimdir.
Yong‘in xavfsizligi nuqtai nazaridan Ecover Mineral paxta NG sinfiga kiradi: u yonmaydi, yuqori harorat ta’sirida alangani tarqatmaydi. Namlik shimishi ≤1% bo‘lgani sababli issiqlik xususiyatlari vaqt o‘tishi bilan pasaymaydi va material deformatsiyalanmaydi. Xizmat muddati 50 yilgacha yetadi, bu esa uzoq muddatli investitsiya sifatida ishonch beradi.
Bugungi kunda yengil, samarali va xavfsiz izolyatsiya yechimlariga talab ortib bormoqda. Shu nuqtai nazardan, Ecover Mineral paxta (shisha tola) 10–40 kg/m³ zichlik, λ = 0.034–0.038 W/m·K va yuqori akustik samaradorligi bilan vent fasad va karkas ichiga joylash loyihalari uchun ideal tanlovdir. Bu mahsulot energiya tejamkor, xavfsiz va uzoq muddat xizmat qiladigan izolyatsiyani kafolatlaydi, qurilishning barcha talablariga javob beradi va sizning loyihangizni mukammal qiladi.